Samarqandda YPX xodimining qonuniy talabiga böysunmasdan inspektorning hayoti uçun xavfli harakatlar sodir etgan haydovçi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
31 yanvar kuni Samarqand şahri Buyuk Ipak yöli köçasida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX xodimi tomonidan davlat raqami belgisiz harakatlanib kelayotgan Onix jyezl va huştak yordamida töxtatiş çorasi körilganda, haydovçi özi va özgalar hayotiga xavf tuğdirib, inspektorning qonuniy talabiga böysunmasdan, maşinani xodim ustiga haydab, unga tan jarohatlari yetkazgan va voqea joyidan qoçib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi 140-moddasi 3-qismi (jabrlanuvçini öz xizmat yoki fuqarolik burçini bajarişi munosabati bilan boğliq holda haqorat qiliş) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş, qanday şaklda bölmasin özining xizmat vazifasini bajariş yoki fuqaroviy burçini bajarişdan voz keçişga, şuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etişga majbur qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, haydovçi protsessual tartibda uşlanib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uçun, 140-moddasi 3-qismi böyiça BHMning 400 baravaridan 600 baravarigaça jarima yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yilgaça ozodlikni çeklaş közda tutilgan; 219-moddasi böyiça esa ayblanuvçi 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

















