Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yöl patrul xodimining qonuniy talabiga böysunmagan yana bir haydovçiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda maşinada eşigidan uşlab olgan YPX xodimi ketayotgani aks etgan video tarqaldi.

Samarqand viloyati YHXX xabariga köra, 4 fevral kuni soat 19:10 lar atrofida Oqdaryo tumani hududidan ötuvçi M37 avtomobil yölining 34-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimi töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buzgan Cobalt’ning yoniga kelib, haydovçidan hujjatlarini söragan.

Biroq haydovçi me’yoriy hujjatlarni taqdim qilmagan va qonuniy talabga böysunmasdan harakatni davom ettirib ketgan. 

«Keça men GAI xodimiga hujjat bermasdan, maşinani haydab ketib yubordim. Baribir meni topişdi, uşlaşdi. Içki işlar organi xodimi oila a’zolari, özidan keçirim sörayman. Qilgan işimdan puşaymonman. Xatolarimdan kerakli saboq çiqardim. Bu hol boşqa takrorlanmaydi.

Yöl patrul xizmati xodimidan qoçib, oxiri qamoqqaça yetib keldim. Barça haydovçilarga şuni aytamanki, GAI töxtatganida töxtasin, menga öxşab mana şunaqa vaziyatga tuşib qolmasin», — deydi haydovçi közda yoş bilan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Haydovçi protsessual tartibda uşlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand şahrida Onix haydovçisi YPX inspektorining töxtaş talabiga e’tibor bermay, uni avtomobil kapotida sudrab qoçib ketgandi. Xodim yerga yiqilib jarohat olgan, haydovçi uşlangan.