O‘zbekiston | 13:44 / 01.05.2024
19462
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada tuman prokurori o‘rinbosari 2 ming dollar olayotganda ushlandi

U sud ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdorga jazo qo‘llanishida yengillik qilishni va’da berib, pul olgan.

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2 ming dollar olayotganda ushlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

2024 yil 27 aprel kuni soat 18:0 larda Farg‘ona viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.

Tadbirda Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari tanishlari orqali sudning ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan jazo qo‘llanishida yengillik qilib berishni aytib, aldov yo‘li bilan ishonchni suiiste’mol qilib, 2 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211- (pora berishda ishtirokchilik) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid