Havo harorati sezilarli pastlaşi bilan köpçilik uy isitiş taraddudiga tuşib qoldi. Tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda odamlar tejamkor, eng asosiysi xavfsiz peçkalarni izlaşga tuşgan. Farğonaning Qöştepa tumanidan bölgan Lazizbek Abduhatov astma kasaliga çalingan onasiga tutun çiqarmaydigan peçka yasab beriş uçun astoydil bel boğlagan va buning uddasidan çiqqan. Rossiyada muhojirlikda yurgan peçkaçi qişloqqa qaytadi va özi ixtiro qilgan antiqa peçkasi sabab dovruq qozondi. U yasagan peçkalar yurtimizdan taşqari qöşni respublikalarga ham sotilyapti.
Lazizbek özi ixtiro qilgan peçka haqida sözlab berdi:
“Qişloqçilik, sovuq tuşganidan keyin amallab isiniş kerak. Onamning kömirga allergiyasi bor. Uydagi peçkalar esa tutab ketardi. Şunda opilka yoqa boşladik. Opilka ertalabga yaqin öçib qolayotgani uçun kömir peçkaga özgartirmoqçi böldim. Opilka peçkani özim yasagan edim. Şunda xayolimga bir fikr keldi. Tutunga allergiyamiz bor, kömirga yonadigan, tutamaydigan peçka öylab topsammikin.... Buning ustida işlaşni boşladim.

Internetdan izladim, boşqa qildim. Olovning fizik xususiyatlarini örganib çiqdim. Olov nega tutaydi? Eski peçkalarning hammasini birma-bir tekşirib, nihoyat tutamaydigan peçka ixtiro qildim. Sinovlardan ötkazdim, tutamadi. Natijasi yaxşi böldi. Kömirlar qimmat bölib ketyapti borgan sari. Tejamkor bölişi kerak-da baribir. Şuning uçun tejamkorlikka e’tibor berib, havo beradigan maxsus moslamalar örnatdim.

Öylab topgan peçkamning boşqa peçkalardan farqi nimada? Özbekiston şaroitida kömir eng arzon yoqilği. Boşqa peçkalardan farqi tagida havo beradigan moslamasi böladi. Havoni mahkam uşlab turadi, içkariga havo berişni yaxşi taqsimlaydi. Buning hisobiga uyni isitgan, içidagi yonayotgan kömir çöğga aylanganidan keyin tagidagi havosi berkitib qöyilsa, tejamkor rejimga ötadi va ertalabgaça uyni issiq haroratda uşlab turadi. Tejamkor peçkamizga bir keça uçun uyning holatiga qarab 4 kilogrammdan 7 kilogrammgaça kömir yoqiladi.
Muhojirlik...
Bundan bir neça yil avval Rossiyada işlardim, migrantlik ham jonga tekkandi. “Moskviç”imda bozorlarga mol taşirdim. Bu iş faqat tirikçilik uçun edi. Rözğordan orttirib biror narsa qila olmasdim.









