Jahon | 22:31 / 26.06.2019
7616
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkongda namoyishchilar politsiya shtab-kvartirasini qurshab olishdi

Foto: Aleksandr Zyuzin/TASS

Hongkongda mingga yaqin namoyishchilar Van Chay rayonidagi mahalliy politsiya shtab-kvartirasini qurshab olishdi. Bu haqda RTHK teleradiokorporatsiyasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, norozilik namoyishi hozircha tinch o‘tmoqda. Uning ishtirokchilari hibsga olinganlarni ozod qilishni talab qilishmoqda.

Avvalroq kun davomida bir necha yuz faollar “Katta yigirmatalik” mamlakatlari bosh konsulxonalari oldida yurish o‘tkazishgandi. Ular ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgan Hongkongdagi inqirozga e'tiborni tortish uchun xorijlik diplomatlarga petitsiyalarini topshirishdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid