Eronda 8-9 yanvar kunlari bölib ötgan norozilik namoyişlari vaqtida halok bölganlar soni 30 mingga yetgan, deb xabar berdi Time jurnali mamlakat soğliqni saqlaş vazirligidagi yuqori martabali amaldorlarga tayanib.
Halok bölganlar soni şunçalik köp bölganki, şoşilinç xizmatlarga jasadlarni soliş uçun qoplar yetişmagan, tez yordam maşinalari örniga esa tirkamali yuk maşinalaridan foydalanilgan, deb yozadi naşr.
Eron hukumati 23 yanvar kuni bergan rasmiy ma’lumotlarga köra, namoyişlar vaqtida 3117 kişi halok bölgan. Taşqi işlar vaziri Abbos Araqçining aytişiça, ularning 2427 nafar tinç aholi vakillari va 690 nafari “terrorçi”lardir.
Iqtisodiy qiyinçiliklar fonida 28 dekabr kuni boşlangan norozilik namoyişlari umummilliy çiqişlarga aylanib ketdi. HRANA ma’lumotlariga köra, qariyb 26,5 ming kişi hibsga olingan. Eron sud tizimi vakili Asqar Jahongirning ta’kidlaşiça, hibsga olinganlarning ba’zilari «Xudoga qarşi isyon»da ayblanmoqda, mamlakat Jinoyat kodeksiga köra ularga ölim jazosi belgilanişi mumkin.


















