«Profilaktik tadbir o‘tkazilgan» – bog‘chada ma’ruza qilayotgan ichki ishlar xodimlari yuzasidan munosabat berildi
Holat 18 iyul kuni Uchtepa tumanidagi davlat bog‘chalaridan birida sodir bo‘lgan. Toshkent shahar MMTBga ko‘ra, IIO xodimlarini profilaktik tadbir o‘tkazish uchun bog‘cha direktorining o‘zi chaqirgan. Keyinroq, ichki ishlar xodimlari haqidagi ma’lumotni o‘chirib yuborgan boshqarma direktorlardan kelasi safar bunday tadbirlarni reja asosida va qiziqarli o‘tkazishni so‘radi.
23 iyul kuni tarmoqlarda ichki ishlar xodimlari bolalar bog‘chasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazgani, hali esini ham tanimagan bolalarga xuddi kattalardek pand-nasihat qilgani aks etgan video tarqaldi. Unda xodimlar 3-4 yoshlar atrofidagi bir guruh bolalarni ota-onani hurmat qilishga hamda «oqdan qorani ajratish»ga chaqirgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 17 iyul kuni Uchtepa tumanidagi bog‘cha rahbari tuman IIO FMB, mudofaa ishlari bo‘limi hamda «Farhod» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi nomiga hamkorlikda «Harbiylar bilan uchrashuv» mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazish bo‘yicha taklifnoma yuborgan.
Taklifnomaga asosan, 18 iyul kuni bog‘chaga tumandagi Farhod mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika katta inspektorlari kapitan F.T. va leytenant A.A.lar kelgan.
“Profilaktika inspektorlari bog‘cha tarbiyalanuvchilariga Vatanga muhabbat, ota-ona qadri va kelajakda Vatanni qo‘riqlaydigan mard o‘g‘lon va qizlar bo‘lib yetishishlari, bog‘chadan notanish fuqarolar bilan ketmasligi, uyini begona shaxslarga ochmaslik haqida suhbat o‘tkazib, o‘zlari bilan olib kelgan kitob va o‘yinchoqlarni bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘a qilishgan”, — deyiladi boshqarma izohida.
Shuningdek, rasmiy munosabatda tadbir tafsilotlari aks etgan videolavha ota-onalar telegram guruhiga tashlangani, keyin tarqalib ketgan ushbu lavha jamoatchilik tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingani aytilgan.
Keyinroq Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi dastlabki munosabatini o‘chirib, yangi tahrirlangan matn joyladi. Unda bog‘cha bolalariga «dars o‘tayotgan» profilaktika inspektorlari haqidagi ma’lumotlari o‘chirib yuborilgan.
Shuningdek, boshqarma maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlaridan bunday tadbirlarni reja asosida, bolajonlar uchun qiziqarli o‘tishini ta’minlashni so‘ragan.
Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.
Mavzuga oid
15:22 / 02.10.2024
Uchtepada 20ga yaqin ko‘p yillik daraxtlarga zaharli modda quyilgan. Aholi aybdor topilishini xohlaydi
16:01 / 11.09.2024
Oliy sud rais o‘rinbosari va Toshkent shahar sudi raisi qandolat fabrikasini “ziyorat” qildi
16:22 / 26.07.2024
Uchtepada quvurlar yorilishi oqibatida suv toshdi
10:51 / 14.07.2024