23 iyul kuni tarmoqlarda içki işlar xodimlari bolalar boğçasida tarğibot tadbiri ötkazgani, hali esini ham tanimagan bolalarga xuddi kattalardek pand-nasihat qilgani aks etgan video tarqaldi. Unda xodimlar 3-4 yoşlar atrofidagi bir guruh bolalarni ota-onani hurmat qilişga hamda «oqdan qorani ajratiş»ga çaqirgan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi rasmiy munosabat berdi. Ma’lum bölişiça, 17 iyul kuni Uçtepa tumanidagi boğça rahbari tuman IIO FMB, mudofaa işlari bölimi hamda «Farhod» mahalla fuqarolar yiğini raisi nomiga hamkorlikda «Harbiylar bilan uçraşuv» mavzusida profilaktik tadbir ötkaziş böyiça taklifnoma yuborgan.

Taklifnomaga asosan, 18 iyul kuni boğçaga tumandagi Farhod mahallasiga xizmat körsatuvçi profilaktika katta inspektorlari kapitan F.T. va leytenant A.A.lar kelgan.

“Profilaktika inspektorlari boğça tarbiyalanuvçilariga Vatanga muhabbat, ota-ona qadri va kelajakda Vatanni qöriqlaydigan mard öğlon va qizlar bölib yetişişlari, boğçadan notaniş fuqarolar bilan ketmasligi, uyini begona şaxslarga oçmaslik haqida suhbat ötkazib, özlari bilan olib kelgan kitob va öyinçoqlarni boğça tarbiyalanuvçilariga sovğa qilişgan”, — deyiladi boşqarma izohida.

Şuningdek, rasmiy munosabatda tadbir tafsilotlari aks etgan videolavha ota-onalar telegram guruhiga taşlangani, keyin tarqalib ketgan uşbu lavha jamoatçilik tomonidan notöğri talqin qilingani aytilgan.

Keyinroq Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi dastlabki munosabatini öçirib, yangi tahrirlangan matn joyladi. Unda boğça bolalariga «dars ötayotgan» profilaktika inspektorlari haqidagi ma’lumotlari öçirib yuborilgan.

Şuningdek, boşqarma maktabgaça ta’lim taşkilotlari direktorlaridan bunday tadbirlarni reja asosida, bolajonlar uçun qiziqarli ötişini ta’minlaşni söragan.

Toşkent şahar IIBB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.