O‘zbekiston | 11:32 / 22.10.2025
4216
1 daqiqa o‘qiladi

Yil yakunigacha barcha shahar va tumanlarda «Aqlli shahar» tizimi joriy qilinadi

Urganchda «Aqlli shahar» tizimi ishga tushirildi, boshqa hududlarga ham tatbiq qilinadi. Bu haqda prezident raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda hududlarda ham yaxshi misollar mavjudligi qayd etildi.

Masalan, Urganch shahrida sun’iy intellekt asosida «Aqlli shahar ishga tushirildi.

Situatsion markaz tashkil qilib, elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish va chiqindi korxonalari yagona tizimga ulandi.

Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Shu orqali yiliga 16 milliard so‘m tejashga erishildi.

Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi tajribani o‘rganib, yil yakunigacha o‘z hududlarida joriy qilish topshirildi.

Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sun’iy intellektni tatbiq etish imkoniyatlarini ishga solish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Mavzuga oid