AQŞda ötgan uçraşuv davomida Özbekiston va NVIDIA örtasida SI sohasida keng qamrovli hamkorlik poydevori muhokama qilindi. Tomonlar qator yönalişlar böyiça iş olib borişni rejalaştirmoqda.

NVIDIA SIni boşqariş, ekotizimni rivojlantiriş hamda ilğor xalqaro amaliyotlarni (oçiq va maxfiy bölmagan ma’lumotlar doirasida) bölişadi. 

Zamonaviy NVIDIA texnologiyalari asosida «AI Excellence» markazini taşkil etiş imkoniyatlari örganilmoqda. Markaz professor-öqituvçilarni tayyorlaş va mutaxassislar malakasini oşiriş dasturlarini öz içiga oladi (şu jumladan NVIDIA Deep Learning Institute materiallari asosida).

2026 yilgaça umumiy hisobda 1 MVtgaça hisoblaş quvvatiga ega ikkita AI-klaster uçun texnik asos işlab çiqiladi: biri ta’lim va ilmiy izlanişlarga, ikkinçisi raqamli hukumat, tibbiyot va sanoatdagi SI loyihalariga yönaltiriladi. Amalga oşiriş alohida kelişuvlar va mavjud infratuzilma imkoniyatlariga boğliq böladi.

Şu bilan birga, qator milliy taşabbuslar e’lon qilindi, ular zarur kelişuv va tasdiqlar asosida NVIDIA bilan hamkorlikni qamrab olişi mumkin.

Yetakçi oliygohlarni NVIDIA superkompyuter infratuzilmasi bilan ta’minlaş taşabbusi körib çiqilmoqda, moliyalaştiriş ajratilgan, xarid 2025 yil IV çorakka möljallangan.

Oliygohlar öquv rejalariga SI yönalişlari bosqiçma-bosqiç kiritiladi, ustozlar tayyorgarligi NVIDIA DLI kurslari asosida yölga qöyiladi.

2026 yilda sanoat korxonalari, banklar va davlat taşkilotlariga qöşimça NVIDIA AI infratuzilmasi joriy etiş imkoniyatlari örganiladi (taxminan 1 MVt quvvat, eksport nazorati talablariga muvofiq).

Raqamli egizaklar, robototexnika va sanoat AI yeçimlarini sinaş va joriy etiş uçun taxminan 3 mln AQŞ dollari sarmoya közda tutilgan, loyiha 2026 yilda start olişi kutilmoqda.

Mazkur hamkorlik Özbekistonning raqamli transformatsiya va barqaror texnologik rivojlaniş böyiça ustuvor yönalişlarini global tajriba va platformalar bilan uyğunlaştirişga xizmat qiladi.