17:05 / 07.03.2024
8842

O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

16−18 mart kunlari (shanba, yakshanba va dushanba) Navro‘z arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekistonda 16−18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabariga ko‘ra, hashar «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida o‘tkaziladi.

Ushbu sanalar shanba, yakshanba va dushanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. 

Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat. Bundan tashqari, shu kuni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘rsatiladi.

Mavzuga oid
Top