Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi
Poytaxt hokimligiga ko‘ra, Toshkent shahrining barcha tumanlarida tartib o‘rnatilib, daraxtlar ekiladi, hovlilar bezatiladi.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, hashar doirasida ko‘p qavatli uylar atrofi va jamoat hududlarini tozalash, obodonlashtirish va yashil maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, poytaxtning barcha tumanlarida tartib o‘rnatilib, daraxtlar ekiladi, hovlilar bezatiladi.
«Bu — sevimli shahrimiz obodligi va pokligiga qo‘shgan umumiy hissamizdir. Hurmatli toshkentliklar! Hasharda faol ishtirok etishga chaqiramiz. Tozalikni saqlash — bu katta shahar an’anasi, o‘zimizga, qo‘shnilarimizga va aziz Toshkentimizga bo‘lgan hurmat ifodasidir», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, hashar quyidagi shartlarga rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
- umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida faqat prezidentning tegishli hujjati yoki hukumat qarori bo‘lganda;
- mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etilgan holda;
- jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat’iy yo‘l qo‘yilmagan holda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros obektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi marotaba umumxalq xayriya hashari 24−25 avgust kunlari (shanba va yakshanba) Mustaqillik bayrami arafasida bo‘lib o‘tgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

23:38 / 14.07.2025
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

13:11 / 14.07.2025