O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan xorijiy elektron savdo platformalarining faoliyati taqiqlandi
Bu qaror Temu kabi platformalarni O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tishga majburlashi, aks holda ularning faoliyati cheklanishiga yo‘l ochishi mumkin.

Foto: AFP
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, elektron tijorat operatorlari (elektron savdo platformasi, buyurtmalar agregatori va raqamli striming xizmati operatorlari) sifatida faqat yuridik shaxslar – O‘zbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkin.
Bunda elektron shartnoma yoki bitimlar orqali hech qanday majburiyatlar olmaydigan, foydalanuvchilarga o‘zining axborot resursi yoki platformasi orqali tovar (ish, xizmat) hamda raqamli mahsulotlar haqida ma’lumot yoki axborot berish bilan cheklanadigan yuridik shaxs va (yoki) YaTT elektron tijorat operatori hisoblanmaydi.
2025 yil 1 iyuldan elektron tijorat operatorlari faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Bunda faoliyatni amalga oshirayotgan sub’yektlar quyidagi shart va talablarga rioya etishlari lozim:
- O‘zbekiston yuridik shaxsi shaklida davlat ro‘yxatidan o‘tish;
- elektron tijorat, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, mualliflik va turdosh huquqlar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama sohasidagi qonunchilik va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
- vakolatli organning so‘roviga muvofiq elektron tijorat sub’yektlarining faoliyatiga oid ma’lumotlarni bepul taqdim etish;
- chakana savdo qoidalari talablariga rioya qilish;
- elektron tijorat ishtirokchilariga xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur darajada ishlashi ta’minlangan axborot tizimining mavjudligi va boshqalar.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

14:22 / 17.04.2025
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Otabek Bakirov ustidan IIBBga shikoyat kiritdi

18:53 / 01.04.2025
Temu O‘zbekistonda ishlashi uchun 46 mlrd so‘m soliq to‘lashi kerak - Soliq qo‘mitasi

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

20:25 / 18.03.2025