Prezidentning “Özbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori (PQ–136-son, 2026 yil 13 aprel) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 iyulgaça huquqiy eksperiment tariqasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan jismoniy şaxslarning şaxsiy ehtiyojlari uçun möljallangan tovarlarni maxsus elektron savdo platformalari orqali çakana sotiş uçun ularni vaqtinça saqlaşga möljallangan yangi turdagi erkin ombor — bond omborlari taşkil etiladi.
Eksperiment doirasida bond omborlari erkin ombor faoliyatini litsenziyalaş tartibi asosida taşkil qilinadi. Ularda saqlanayotgan tovarlarni sotiş Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron savdo platformalari reyestriga kiritilgan platformalar orqali amalga oşiriladi.
Şuningdek, bond omborlariga tovarlar erkin ombor bojxona rejimi asosida joylaştiriladi va ularni jismoniy şaxslarning şaxsiy ehtiyoji uçun çakana sotişga ruxsat beriladi.
Mazkur omborlardan tovarlarni jismoniy şaxslarga sotişda jönatmalar deklaratsiyasi asosida bojxona rasmiylaştiruvi amalga oşiriladi. Bunda muvofiqlikni baholaş, sanitariya va veterinariya nazorati kabi ayrim talablar qöllanmasligi közda tutilgan.
Uşbu tartib elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantiriş, tovar aylanmasini tezlaştiriş hamda onlayn savdo imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.











