Vazirlar Mahkamasining «Özbekistonda elektron tijorat sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga köra, elektron tijorat operatorlari (elektron savdo platformasi, buyurtmalar agregatori va raqamli striming xizmati operatorlari) sifatida faqat yuridik şaxslar – Özbekiston rezidentlari faoliyat yuritişi mumkin.
Bunda elektron şartnoma yoki bitimlar orqali heç qanday majburiyatlar olmaydigan, foydalanuvçilarga özining axborot resursi yoki platformasi orqali tovar (iş, xizmat) hamda raqamli mahsulotlar haqida ma’lumot yoki axborot beriş bilan çeklanadigan yuridik şaxs va (yoki) YaTT elektron tijorat operatori hisoblanmaydi.
2025 yil 1 iyuldan elektron tijorat operatorlari faoliyati xabardor qiliş tartibida amalga oşiriladi. Bunda faoliyatni amalga oşirayotgan sub’yektlar quyidagi şart va talablarga rioya etişlari lozim:
- Özbekiston yuridik şaxsi şaklida davlat röyxatidan ötiş;
- elektron tijorat, şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş, mualliflik va turdoş huquqlar, iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş, reklama sohasidagi qonunçilik va boşqa qonunçilik hujjatlari talablariga rioya etiş;
- vakolatli organning söroviga muvofiq elektron tijorat sub’yektlarining faoliyatiga oid ma’lumotlarni bepul taqdim etiş;
- çakana savdo qoidalari talablariga rioya qiliş;
- elektron tijorat iştirokçilariga xizmatlar körsatiş uçun zarur darajada işlaşi ta’minlangan axborot tizimining mavjudligi va boşqalar.









