Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: Dori vositalari tayyorlashda shafran plantatsiyalari muhim xom ashyo manbai bo‘ladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga safari davomida O‘zbekiston olimlari tomonidan tayyorlangan o‘rmon fondi yerlarida shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Loyihaga ko‘ra, 2017 yildan boshlab Qashqadaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi hududlarida shafran (za'faron) plantatsiyalari tashkil etishga kirishiladi.
Ma'lumot uchun, ushbu o‘simlik tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. Bunday o‘simlikni ko‘paytirish O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar xom ashyosini mahalliy sharoitda yetishtirish va oziq-ovqat ziravori sifatida eksport qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston florasi dorivor giyohlarga boy ekanini, xususan, shafran o‘simligidan qadimdan xalq tabobatida keng foydalanib kelinganini ta'kidladi.
Prezident hozirgi vaqtda O‘zbekistonda dori vositalarini ishlab chiqarishda shifobaxsh shafran muhim xom ashyo manbai bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev soha mutaxassislariga bunday o‘simliklar turini ko‘paytirish va plantatsiyalarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar bergan.
Mavzuga oid
15:09 / 03.06.2025
2030 yilgacha 1,5 million gektarda o‘rmonlar barpo etiladi
11:22 / 04.08.2023
51 ta tuman va shaharda «Oltiariq tajribasi» asosida uzum plantatsiyalari tashkil qilinadi
07:43 / 26.05.2022
2022 yilda qariyb 5 ming gektar maydonda dorivor o‘simliklar plantatsiyalari barpo etiladi
08:48 / 02.08.2019