«Örmon va yaşil hududlarni köpaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş agentligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, örmon fondi resurslaridan samarali foydalanişning asosiy maqsadli körsatkiçlari etib quyidagilar belgilandi:
- 2030 yilgaça 1,5 million gektarda örmonlar barpo etiş, ularni qayta tiklaş hamda 3,8 ming gektar örmon fondi yerlarida dorivor va oziq-ovqatbop hamda ziravor ösimliklar plantatsiyalarini taşkil etiş;
- 2030 yilgaça 9,2 ming tonna daraxt va butalar uruğlarini tayyorlaş hamda 919 million dona nihol va köçatlarni yetiştiriş;
- 2025–2026 yillarda toğ va toğoldi hududlardagi 500 gektarda «terrasa» usulida daraxt va buta köçatlari ekiş.
Örmon va yaşil hududlarni köpaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş agentligi «Örmontexnoservis» davlat unitar korxonasi negizida «Örmon xöjaligini raqamlaştiriş markazi» davlat muassasasi taşkil etiladi.
Markaz quyidagilarni nazarda tutuvçi «Aqlli örmon xöjaligi» (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi:
- örmon resurslarini boşqariş jarayonlarini raqamlaştiriş, ularning holatini real vaqt rejimida monitoring qiliş;
- örmon xöjaligi sohasi faoliyati zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va integratsiyalaşgan axborot tizimlari orqali samarali boşqarilişi ta’minlanadi.













