Qarorga köra, 2023–2024 yillarda:
- 187 614 gektar maydonda yangi uzumzorlar barpo qilinadi;
- respublikaning 51 ta tuman va şahrida “Oltiariq tajribasi” asosida har biri 2–2,5 ming gektar yer maydonlarida uzum plantatsiyalari taşkil etiladi.
2023 yil 1 avgustdan:
Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasining meva, uzum, sabzavot, kartoşka, poliz ekinlari, gul, kökatlar va dorivor ösimliklar, makkajöxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetiştirişga ajratiladigan mablağlari hisobidan yangi uzumzorlarni barpo qiliş, köçat tayyorlaş va in-vitro laboratoriyalarini işga tuşiriş loyihalarini amalga oşiriş uçun mablağ yönaltirişga ruxsat beriladi.
- Jamğarma mablağlari “Qişloq quriliş bank” ATBga Markaziy bankning asosiy stavkasida resurs sifatida joylaştiriladi hamda loyiha taşabbuskorlariga 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 2 foizdan köp bölmagan marja bilan tijorat krediti ajratiladi;
- Qişloq xöjaligida xizmatlar körsatiş agentligi tadbirkorlarga uzum plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlarni ötkaziş, yangi tokzorlarni barpo etiş va boşqa xizmatlarni körsatadi.
Bunda yangi uzumzorlarni 1 gektardan 10 gektargaça bölgan maydonlarda barpo qiliş böyiça loyihalar Agentlik tomonidan töğridan töğri moliyalaştiriladi, yirik uzumçilik plantatsiyasi şaklidagi loyihalar “Qişloq quriliş bank” ATB kreditlari hisobidan amalga oşiriladi.
2024 yil 1 fevralgaça uzumçilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar ilmiy muassasalari hamda ilğor tajribaga ega xalqaro taşkilotlardan 100 nafarga yaqin soha mutaxassislari jalb qilinadi.
Xorijdan keltirilgan sovuqqa çidamli, uruğsiz, hosildorligi yuqori 34 xildagi uzum navlarini in-vitro laboratoriyalarida respublika hududlarining tabiiy-iqlim şaroitiga moslaştiriş böyiça sinov-tajribalar taşkil qilinadi.













