Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Örmon fondi yerlarida za'faron plantatsiyalarini taşkil etiş töğrisida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi tizimidagi örmon xöjaliklariga örmon fondi yerlarida za'faron plantatsiyalarini taşkil etiş maqsadida za'faron tuganak piyozlarini “Brand Investment Group” MÇJning umumiy ta'sisçisi hisoblangan “AGRIONE-BEKABAD”MÇJ bilan istisno tariqasida, töğridan-töğri şartnoma tuzgan holda xarid qilişga ruxsat berilişi mumkin.

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga za'faron tuganak piyozini xarid qiliş uçun Örmon xöjaligi davlat qömitasi tizimidagi örmon xöjaliklariga imtiyozli kredit mablağlarini ajratiş tavsiya etiladi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ön kun muddatda Örmon xöjaligi davlat qömitasi tizimidagi örmon xöjaliklari bilan “Brand Investment Group” MÇJning umumiy ta'sisçisi hisoblangan “AGRIONE-BEKABAD”MÇJ örtasida töğridan-töğri şartnoma tuzgan holda za'faron tuganak piyozlarini xarid qilinişini taşkil etadi.

Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi xarid qilingan za'faron tuganak piyozlaridan samarali foydalangan holda za'faron plantatsiyalari taşkil etilişini, agrotexnika talablariga muvofiq parvarişlanişini hamda za'faron xomaşyosi yetiştirilişini ta'minlaydi.

Mazkur hujjat ijrosini ta'minlaş Özbekiston Respublikasi boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi A.D.Vahobov zimmasiga yuklanadi.