Tog‘ cho‘qqisidagi cho‘pon, eshak mingan qariyalar hamda ot choptirgan tog‘ qizi – Shohimardon va Yordon qishlog‘idan fotoreportaj
O‘zbekistonning tog‘ bag‘rida joylashgan eksklav hududi – Shohimardon va Yordon qishlog‘ida 7 mingga yaqin aholi yashaydi. Bir muddat yopiq holatda bo‘lgan bu ikki maskanda bugunga kelib turizm rivojlanyapti. Kun.uz muxbiri hududda bo‘lib, qishloq hayotidan fotoreportaj tayyorladi.
So‘lim qishloqqa borish uchun Vodildagi chegara postidan o‘tish kerak. Farg‘ona tumani tarkibiga kiruvchi bu ikki qishloq har doim ham sayyohlarning e’tiborida bo‘lib kelgan.
Shohimardon va Yordon aholisi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Deyarli har bir yordonlikning tog‘ bag‘rida bog‘i, qo‘rasida echkisi, qoramol va qo‘yi bor. Qishloqda olma, nok, o‘rik va yong‘oq yaxshi hosil beradi. Bu ikki qishloqda yetishtirilgan kartoshkaning mazasi boshqacha. Chunki u qor suvidan sug‘oriladi.
Shohimardon va yordonliklar bozorlikni Vodil qishlog‘idan qilishadi. Haftaning yakshanba kuni qishloq ahli Vodil bozoriga kartoshka, o‘rik, olma olib tushib sotib ketishadi.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Mavzuga oid
08:10 / 03.11.2024
Tog‘ bag‘ridagi qishloq – Yordonda nahor oshi
17:46 / 19.10.2024
Shohimardon fojiasi: sel va unutilmas dard
14:57 / 14.08.2024
Shohimardonga borish yanada osonlashdi: “Farg‘ona” va “Oq qiya” postlari 24 soatlik rejimga o‘tdi
21:17 / 30.07.2024