Namangan viloyatining Pop tumanidagi Guliston qişloği toğ oralab 22 kmga çözilgan. Ikki toğ orasi, soy böyida joylaşgan bu göşa betakror tabiati bilan maşhur. Yoz faslida dam oluvçilar bilan tölib-toşadigan qişloq havo harorati tuşib, ança huvillab qolgan. Kun.uz muxbiri Guliston qişloğida bölib, odamlarning yaşaş tarzi bilan qiziqdi.
Bir paytlar dehqonçilik bilan şuğullangan gulistonliklar bugunga kelib öz xonadonlarida mehmon uylari taşkil qilib tirikçilik ötkazişar ekan. 91 yoşli Şarofiddin ota Hasanov Guliston qişloği haqida sözlab berdi.

“Qişloğimizni baland toğlar örab turadi. Ikki toğ orasidan ötuvçi soy qişloğimizga özgaça fayz qöşgan. Gulistonning birinçi nomi Podşoxöja mozor edi. 60 yillarda qişloq nomi Gulistonga özgardi.


Avvallari köpçilik çorvaçilik, dehqonçilik qilib kun körgan. Biz ham sigir, eçki, qöy boqib, rözğor tebratganmiz. Kezi kelganda tomorqaga beda, buğdoy, makkajöxori ekdik. Endi hozirgi vaqtga kelib şaroitlar özgardi. Odamlar avvalgidek dehqonçilik qilmay qöydi.


Qişloğimiz Pop tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Elektr energiyasi 1969-70 yilda kelgan. Ilgari şamçiroqda ötirganmiz. Kerosin sotib olib, unga pilikni botirib, uyni yoritardik.

Avval aholi buloqdan suv içgan, keyin soydan içadigan böldi. Odamlar soyning ikkala tomoniga joylaşgan. Yozda qişloğimiz juda fayzli böladi. Guliston va Çodak qişloqlari mehmonlar bilan töladi.










