Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat korxonalarida boshqaruv xodimlari soni qisqartiriladi
Davlat kompaniyalarida boshqaruv xodimlari soni 10 foizga qisqartirilishi va top menejerlar uchun KPI kiritilishi kutilmoqda.
Illyustrativ surat
19 noyabr kuni “Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident farmoyishi qabul qilindi.
Hujjat bilan, 2026 yilda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytirish choralari belgilandi.
Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. Komissiyaga Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Mehriddin Abdullayev va bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamraislik qiladi.
Komissiya 2 oy muddatda davlat korxonalari boshqaruv xodimlari sonini 10 foizgacha qisqartirish yuzasidan Prezident administratsiyasiga taklif kiritishi kerak.
2025 yil 1 dekabrga qadar 2026 yil uchun davlat korxonalari rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) ishlab chiqiladi. Bu ko‘rsatkichlar aksiyadorlar tomonidan tasdiqlanganidan keyin, ularning ijrosini Boshqaruv samaradorligi agentligi monitoring qilib boradi.
2026 yil 1 iyulga qadar korxonada buxgalteriya uchun ERP modulini ishga tushirmagan yoki xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni bajarmagan kompaniya rahbarlarining tegishli o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etiladi.
Mavzuga oid
18:30 / 24.11.2025
Davlat kompaniyalari 20 ta xizmatni autsorsingdan olishi belgilandi
15:50 / 24.11.2025
Davlat kompaniyalari prezident ruxsatisiz homiylik bilan shug‘ullanishni to‘xtatadi
15:18 / 20.08.2025
Tadbirkorlarning ijara bo‘yicha huquqlari kuchaytiriladi
16:52 / 07.05.2025