“Smart Integrity ME” MÇJga işonçli boşqaruvga berilgan Taxiatoş issiqlik elektr stansiyasi bir oy muddatda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tarkibiga qaytariladi. Bu haqda 25 fevraldagi «Davlat iştirokidagi korxonalar va tijorat banklari faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarorida közda tutilgan.
Ma’lumot uçun, Taxiatoş IES Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatini elektr energiyasi bilan ta’minlovçi mintaqadagi eng yirik energetika korxonalaridan biridir. Stansiya 2023 yil 18 sentabrda tuzilgan şartnoma asosida “Smart Integrity ME” MÇJga işonçli boşqaruvga berilgandi.
Taxiatoş IES sof foydasi 2021 yilda 382,9 mlrd sömni, 2022 yilda 56,6 mlrd sömni, 2023 yilda esa 4,37 mlrd sömni taşkil qilgan. 2024 yil uçun moliyaviy hisobot e’lon qilinmagan.
Oçiq manbalarda taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, “Smart Integrity ME” MÇJ 2023 yil 6 yanvarda röyxatdan ötgan. Kompaniyaning yagona ta’sisçisi — New Industrial Technologies. Uşbu taşkilot avvalroq Paynet tölov taşkiloti hamda Humo tölov tizimini sotib olgandi. Şuningdek, Dehqonobod kaliy zavodini Asian Chemical Group’da ham 49 foiz uluşga ega.
Taxiatoş IES nima uçun işonçli boşqaruvdan qaytarib olinayotganiga qöşimça izoh berilmagan. Bundan taşqari, uşbu tuzilma işonçli boşqaruvida bölgan Toşkent va Navoiy issiqlik elektr stansiyalarining ayni paytdagi egalik huquqi kimga tegişli ekanligi ham noma’lum bölib qolyapti.
Eslatib ötamiz, 2023 yilda işonçli boşqaruvga berilgan Angren va Yangi Angren IESlari ham davlat ixtiyoriga qaytarilgandi. Bunga stansiyalarning 3 yil içida 1,5 trln söm zarar körgani sabab bölgandi.











