2025 yilning yakunlariga köra, «Kvars» AJning sof foydasi 1,3 mlrd sömni taşkil etdi. Kompaniya 2023 yilning fevralida 3 yilda bölib tölaş şarti bilan 268 mlrd sömga xususiylaştirilgandi. Şundan keyin zavod 2023 yilni 21,7 mlrd, 2024 yilni esa 142 mlrd söm zarar bilan yakunladi. 2025 yilning fevral oyida «Kvars» AJ yana davlat ixtiyoriga qaytarilgandi.
2025 yilning yakunlariga köra, «Kvars» AJning sof foydasi 1,3 mlrd sömni taşkil etdi. Taqqoslaş uçun, zavod 2024 yilni 142 mlrd söm zarar bilan yakunlagandi.
Qayd etilişiça, ötgan yilda kompaniyaning yillik sof tuşumi 593,4 mlrd söm (+13,7 foiz) bölgan bölsa, işlab çiqariş xarajatlari sezilarli darajada 503 mlrd sömdan 454,4 mlrd sömga qisqargan.
Yil yakuniga kelib uzoq muddatli kreditlar hajmi 195,3 mlrddan 87,6 mlrd sömga, qisqa muddatli kreditlar va qarzlar esa 126,6 mlrd sömdan 95,7 mlrd sömga kamaygan.
Omadsiz xususiylaştiriş
Bundan 3 yil avval, 2023 yilning fevralida «Kvars» AJ ustav kapitalidagi 89,7 foiz davlat uluşi 265 mlrd sömga «Quvasoysement» AJga sotilgandi.
Kelişuvga köra, xaridor 2018-2021 yillarda «Kvars» tomonidan jalb qilingan 47,2 mln yevro miqdoridagi kredit mablağlarini 2026 yil yakuniga qadar söndirişi ham kerak edi.
Kompaniya 2024 yilni 142 mlrd söm, 2023 yilni esa 21,7 mlrd söm zarar bilan yakunlagan. Xususiylaştirilişdan oldingi yillarda esa foyda körib işlagan: 2021 yilda kompaniyaning sof foydasi 54,7 mlrd sömni, 2022 yilda 64,3 mlrd sömni taşkil etgan.
Şundan keyin 2025 yil 14 fevralda xaridor şartnomaviy majburiyatlarini bajarişda qiyinçiliklarga uçragani sababli oldi-sotdi şartnomasi bekor qilindi. Öz navbatida katta zararga kirib ketgan zavodni moliyaviy soğlomlaştiriş çoralari körilişi ham ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uçun, 1975 yildan buyon faoliyat körsatib kelayotgan «Kvars» – şişa idişlar, avtosanoat uçun oynalar va boşqa qator turdagi şişa mahsulotlar işlab çiqaruvçi Markaziy Osiyodagi eng yirik zavod hisoblanadi.







