Jamiyat | 15:37 / 02.04.2021
2050
2 daqiqa o‘qiladi

 Nukusda turmush o‘rtog‘i orqali 5 ming dollar evaziga 2 mlrd so‘m kredit va'da qilgan ayol qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Departamentning Nukus shahar bo‘limi, prokuratura hamda DXX hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Aniqlanishicha, ayol tadbirkorga 2 mlrd so‘m hamda tadbirkorning opasiga esa 400 mln so‘m kredit mablag‘larini olib berishni va'da qilgan. U, bu ishlarni o‘zining ATB Qoraqalpog‘iston filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlovchi turmush o‘rtog‘i orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan. «Xizmati» evaziga 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni firibgarlik yo‘li bilan talab qilgan.

Firibgar va'da evaziga da'vo qilingan pulning 1,5 ming dollarini 27 mart kuni olgan. Qolgan 1,5 ming dollarini 30 mart kuni Nukusdagi savdo do‘konlarining birida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid