Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy xavfsizlik nuqtayi nazaridan barcha elektromobillarda «yashirin» eshik tutqichni taqiqladi
Elektr ta’minoti uzilishi oqibatida yo‘lovchilar qo‘l bilan ochish mexanizmining yo‘qligi sababli avtomobillarda qamalib qolgan bir nechta shov-shuvli halokatlar shunday choralar qabul qilinishiga sabab bo‘ldi.
Foto: Bloomberg/Getty Images
Xitoy tez orada elektromobillarning yashirin eshik tutqichlarini taqiqlaydi. 2 fevral kuni Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan e’lon qilingan qoidalarga ko‘ra, endi Xitoyda sotiladigan har qanday avtomobil yukxonasidan tashqari, har bir eshikning ichki va tashqi tomonidan ochiladigan mexanik mexanizm bilan jihozlanishi kerak.
Bayonotda aytilishicha, yangi qoidalar «avtomobil konstruksiyalarining xavfsizlik darajasini oshiradi».
CNN xabarida qayd etilishicha, bu orqali Xitoy birinchi marta Tesla avtomobillarida joriy etilgan bunday dizaynlardan foydalanishni taqiqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi.
Kelgusi yilning 1 yanvaridan kuchga kiradigan yangi qoidalarga ko‘ra, har bir avtomobilda eshikni qo‘lda ochish uchun kamida 6x2x2,5 sm o‘lchamdagi bo‘sh joy bo‘lishi kerak. Avtomobil ichida yo‘lovchilar uchun eshikni qanday ochish kerakligi ko‘rsatilgan yozuvlar ham joylashtirilishi lozim.
Hukumat tomonidan tasdiqlangan va Xitoy bozoriga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan avtomobillar 2029 yilgacha eshiklarini ochish mexanizmini yangilashi kerak bo‘ladi.
Yashirin eshik tutqichi Xitoyda keng tarqalgan dizayn yechimiga aylandi, China Daily nashri ma’lumotiga ko‘ra, ular eng ko‘p sotiladigan 100 ta elektr va gibrid avtomobillarning taxminan 60 foiziga o‘rnatilgan.
Yangi standartlar faqat Xitoyda sotiladigan avtomobillarga taalluqli bo‘lsa-da, ular butun dunyo bo‘ylab avtoishlab chiqaruvchilarni eshik dizaynini qayta ko‘rib chiqishga undashi mumkin, chunki Xitoy elektromobillar texnologiyasida global yetakchi hisoblanadi.
Bunday chora-tadbirlar Xitoyda sodir bo‘lgan bir qator halokatli baxtsiz hodisalar, jumladan, Xiaomi rusumli ikki avtomobil yonib ketishi ortidan amalga oshirildi.
Oktyabr oyida Chendu shahrida Xitoyning Xiaomi kompaniyasiga tegishli SU7 elektromobili ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘lgan, guvohlar mashina eshigini ocholmagan va haydovchini tiriklayin yonib ketishdan qutqara olmagandi.
BYD ijrochi vitse-prezidenti Stella Li Bloomberg TV telekanaliga intervyusida kompaniya hukumat talablariga javob berish uchun dizayn o‘zgarishlarini kiritishga tayyorligini aytdi.
Amerikaning Tesla kompaniyasi ham Xitoyga yetkazib beriladigan avtomobillar uchun zarur o‘zgarishlarni amalga oshirishini tasdiqladi.
Mavzuga oid
18:28 / 01.04.2026
Xitoy asoschisi Mao haqidagi muhim ma’lumotlar aks etgan hujjatlar AQSh hududida qoladi
17:49 / 01.04.2026
Xitoy va Pokiston Yaqin Sharqdagi urushni tugatish rejasini taklif qildi
20:32 / 31.03.2026
Xitoy qanday qilib kollektiv G‘arbni o‘ziga qaram qilib qo‘ydi?
18:27 / 31.03.2026