Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols, Makron va Dragi poyezdda Kiyevga bordi. Fransiya prezidenti ukrainaliklarga murojaat qilmoqchi
Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Italiya bosh vaziri Mario Dragi Ukraina poytaxti Kiyevga bordi.
Foto: AP
«Yevrouchlik» yetakchilari Kiyevga poyezdda borgan. Shols, Makron va Dragi bitta poyezdda bo‘lgan. Keyinchalik Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannes ham Kiyevga borgani ma’lum bo‘ldi. Shols, Makron va Dragi urush oqibatida vayronaga aylangan Kiyev yaqinidagi Irpen shahriga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Makron ma’lum qildi.
Fransiya prezidenti vokzaldayoq jurnalistlar bilan gaplashishga ulgurdi. Makron ukrainaliklarga murojaat qilmoqchi ekanini aytdi. Ukrainada «yevrouchlik» yetakchilari mamlakatni Yevropa Ittifoqiga olib kirishini aytish va Rossiya bilan muzokaralarga qaytishga ko‘ndirish uchun kelganini taxmin qilishmoqda. Avvalroq Italiya Ukraina o‘z hududlarini berish orqali sulhga kelishishi borasida reja taqdim etgan, bu esa ukrainaliklarning g‘azabiga sabab bo‘lgandi.
Kiyevga borgan Olaf Sholsning aytishicha, Germaniya faqat Ukrainaga hamdard ekanini aytish bilan cheklanmaydi, gumanitar va harbiy yordam berishda davom etadi. «Ukraina o‘z mustaqilligini himoya qilar ekan biz yordam berishda davom etamiz», degan Shols.
«Yevrouchlik» yetakchilarining Kiyevga tashrifi 4 oydan buyon davom etayotgan urush fonida katta voqelik deb qaralmoqda. Bu tashrifdan keyin to‘xtab qolgan va amalda jiddiy qaralmagan Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar tiklanishi mumkinligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
20:13 / 22.12.2025
Vens: Ukraina baribir Donbassni boy berishini tushunib turibdi
19:54 / 22.12.2025
Ukraina razvedkasi Lipetskda ikki qiruvchi yoqib yuborilganini ma’lum qildi
14:35 / 22.12.2025
Parij Putinning Makron bilan muloqotga tayyorligini olqishladi
14:02 / 22.12.2025