Jamiyat | 18:34 / 23.05.2018
5035
2 daqiqa o‘qiladi

YHX sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yo‘l harakati ishtirokchilari javobgarligi kuchaytiriladi

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yo‘l harakati ishtirokchilarining javobgarligi kuchaytiriladi. Bu 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yul harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini 2018-2019 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan.

Xususan, quyidagilarni nazarda tutadigan qonun loyihasi tayyorlanadi:

“yo‘lda bezorilik”, shu jumladan transport vositasini boshqarish madaniyatiga uzluksiz rioya etmaslik, qayrilish signali bilan ogohlantirmay, egallab turgan harakatlanish polosasini keskin o‘zgartirgancha avtomobilni agressiv boshqarishda, baland ovozli signaldan zarurat bo‘lmasada, asossiz foydalanishda va boshqa holatlar bilan ifodalanadigan bila turib qasddan sodir etilgan xatti- harakatlar uchun ma'muriy javobgarlikni joriy etish;

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik, jumladan, transport vositasini mast holatda boshqarganlik uchun, shu jumladan mazkur huquqbuzarlik uchun ma'muriy qamoq tarzidagi jazo qo‘llanilishini nazarda tutgan holda ma'muriy javobgarlikni kuchaytirish;

DYHXX xodimlarining transport vositasini to‘xtatish bo‘yicha qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ma'muriy javobgarlikni kuchaytirish;

yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan joyni tark etganlik uchun ma'muriy javobgarlikni va xavf ostida qoldirganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish;

yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari bo‘lgan va DYHXX ruxsatisiz transport vositalarini ta'mirlab olgan shaxslarning javobgarligini belgilash.

Bu borada IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar mas'ul etib belgilandi.

Mavzuga oid