O‘zbekiston va Ozarboyjon ittifoqdosh davlatlarga aylandi
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Toshkentda «Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida»gi shartnomani imzoladi. Davlat rahbarlari huzurida yana o‘ndan ortiq hujjatlar qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi qarorini qabul qildi.
Davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
- Maktabgacha ta’lim, kasb-hunar ta’limi, o‘rta maxsus, oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnomalar;
- 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»;
- 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi harakatlar rejasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Ozarboyjon Respublikasi Adliya vazirligi Adliya akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ozarboyjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Sud ekspertizasi markazlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma.
Tashrif doirasida Toshkent va Boku, Shahrisabz va Baylagan, Jizzax va Guba shaharlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar va boshqa ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

21:04 / 02.05.2025
Qorabog‘ haqida kutilmagan bayonot. Eron o‘z o‘qidan chiqib ketdimi?

13:16 / 26.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefonda suhbatlashdi

07:49 / 10.04.2025
Ozarboyjon Shimoliy Kiprni qo‘llab-quvvatladi

08:41 / 08.04.2025