Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoda 20-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston havoning ifloslanishi bo‘yicha yillik reytingda dunyo mamlakatlari orasida 33.5 mkg/ m3 natija bilan 20-o‘rinni egalladi.
Foto: Kun.uz
“O‘zgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulahadovning yozishicha, bunda PM2.5’ning yillik konsentratsiyasi me’yorlardan 6.7 marta yuqoriligini ko‘rsatmoqda (JSST tomonidan belgilangan me’yor - 5 mkg/ m3). O‘zbekistonning reytingdagi o‘rni Toshkent shahridagi kuzatuv stansiyasi ma’lumotlari asosida shakllantirilgan.
Markaziy Osiyoda faqat Tojikiston bizdan yuqori o‘rinda turibdi. Qozog‘istonning 5 ta shahri JSST tomonidan belgilangan me’yorlardan past darajada.
Havosi eng toza davlatlar Avstraliya, Yangi Zelandiya, Grenada, Finlandiya, Estoniya va Islandiyadir.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarning (AQSh, Buyuk Britaniya, Shveytsariya) reyting quyi pog‘onalarini egallashining sababi ushbu davlatlarda atrof-muhitni muhofaza qilishda ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda injyeneriyaning keng jalb qilinishi hamda texnik tartibga solish hujjatlarining o‘rni yuqoriligidadir.
Mavzuga oid
07:50 / 29.10.2025
Hindiston havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy yomg‘irni qo‘llaydi
11:00 / 06.10.2025
Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi
20:10 / 11.03.2025
JSST: Har yili havo ifloslanishi oqibatida 7 millionga yaqin odam vafot etmoqda
12:54 / 04.03.2025