Hindiston poytaxti muntazam ravişda ekologik ahvoli eng yomon şaharlar reytingiga kiradi. Oktyabr oxirida havo ifloslanişi «soğliq uçun xavfli» darajaga yetdi. Vaziyat «Divali» — «Olov festivali»dan söng yanada yomonlaşgan: bayram payti ommaviy tarzda petardalar işlatilişi holatni muşkullaştirdi.

Dehli boş vaziri Rexa Guptaning ma’lum qilişiça, havoni sun’iy yomğir texnologiyasi yordamida tozalaşga urinib köriladi. Eksperiment 28–30 oktyabr kunlari, ob-havo imkon bersa, ötkaziladi. Gupta qayd etişiça, 23 oktyabr kuni bulutlarni uruğlaşga tayyorgarlik yakunlandi va ekspertlar texnologiyani muvaffaqiyatli sinab kördi.

The Indian Express’ning yozişiça, Kakra va Burari orasidagi sinov parvozi tört soat davom etgan. Şu vaqtda pirotexnik zaryadlar yordamida kumuş yodid va natriy xloridi bulutlarga sepilgan.

Ekologiya vaziri Mandjinder Singh Sirsa tuşuntirişiça, osmonda bulut bölmasa, bulutlarni uruğlaş amalga oşirib bölmaydi. Uning ta’kidlaşiça, dastlab bulutlar hosil bölişi şart, şundan keyingina uruğlaşni bajariş mumkin.

Bulutlarni uruğlaş (cloud seeding) texnologiyasi odatda yoğingarçilik miqdorini oşiriş uçun qöllanadi. Maxsus moddalar suv tomçilari kondensatsiyasini kuçaytirib, yirikroq tomçilarni hosil qiladi va yoğin tuşişiga turtki beradi. Masalan, kumuş yodid kabi mikroskopik zarraçalar bulutga tuşganda, ular muz kristalli hosil böladigan markazga aylanadi: şu zarraçalarda suv muzlab, mayda muzçalar paydo böladi va keyinçalik yoğinga aylanadi.