IQAir portaliga köra, poytaxt havosida PM10 turidagi zararli zarraçalar miqdori 269,7 mkg/m³ ga yetgan. Bu Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti belgilagan me’yordan (har kuni uçun 45 mkg/m³) qariyb 6 barobar yuqori bölib, inson salomatligi uçun xavfli darajadir.
Reytingda 2-örinni Qirğizistonning Bişkek şahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 152 mkg/m3. Kongoning Kinşasa şahrida esa 132 mkg/m3. Reytingdagi öntalikdan şuningdek, Kalkutta (Hindiston), Manama (Bahrayn), Doha (Qatar), Jakarta (Indoneziya), Addis-Abeba (Efiopiya), Dehli (Hindiston) hamda Boğdod (Iroq) şaharlari örin olgan.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, havo ifloslanişi körsatkiçlari orasida salomatlik uçun eng katta xavf tuğdiradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.
Toşkent havosi yana eng iflos: sabab, oqibat va himoya çoralari













