Jamiyat | 11:42 / 11.12.2019
11818
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

"Adolat" SDP: Yagona tergov qo‘mitasini tashkil etamiz

Bugungi kunda dastlabki tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, IIV va DXX tomonidan amalga oshirilmoqda. Dastlabki tergov organlarining tarqoqligi natijasida inson huquqlarining buzilish holatlari yuz berayotganligi aholining haqli e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

O‘tgan yili kuzatilgan Kattaqo‘rg‘onlik ayol voqeasi, noyabr oyidagi andijonlik Abdulloh voqeasi kabi holatlar fuqarolarimizda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ayniqsa tergov jarayonlariga ishonchsizlik bilan qarashiga olib kelmoqda.

Shu boisdan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi adolatni, aynan adolatni ta'minlovchi idoralardan boshlash kerak degan tamoyilni ilgari surmoqda. Zero, ularda adolatni ta'minlamasdan turib, aholini mamlakatimizda qonun ustuvorligiga ishonchini tiklab bo‘lmaydi.

Ushbu holatni bartaraf qilish, dastlabki tergov ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, mamlakatda yagona tergov organi – Tergov qo‘mitasini tashkil etish tashabbusini ilgari suramiz.

Akmal Burxanov,
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

“Propiska” muammosini bartaraf etamiz

Afsuski, o‘z yurtida o‘zi bemalol ishlay olmaslik, o‘zining puliga o‘zi istagan joydan turar joy sotib ololmaslik kabi holatlar mavjud. Buning oqibatida boshqaning nomiga uy olib aldanib qolganlar soni yetarlicha topiladi.

Bu borada partiya “Propiskadan o‘tish” tizimiga yangicha yondoshish kerak deb hisoblaydi. Jumladan, fuqarolarimizning o‘z xohish-istaklaridan kelib chiqib, doimiy yashash joyini o‘zi belgilash huquqini ta'minlash masalasini ko‘rib chiqish tashabbusini ilgari surmoqda.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vatanimizning har bir fuqarosi mamlakat bo‘ylab erkin harakatlana olishiga qaratilgan Konstitutsiyaviy huquqini to‘liq ta'minlanishi lozim deb hisoblaydi.

Inomjon Kudratov,
Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘ining
birinchi o‘rinbosari

“Kuch adolatli – adolat esa kuchli bo‘lmog‘i lozim “g‘oyasini ilgari surayotgan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering.

O‘zbekiston “Adolat” SDP
Matbuot xizmati

Mavzuga oid