Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiyasi transport vositalarini qisqa muddatga ijaraga beriş faoliyatini noqonuniy amalga oşiriş holatlari va buning oqibatida kelib çiqayotgan oğir holatlar yuzasidan jiddiy taşviş bildirib, Transport vazirligi va Içki işlar vazirligiga deputat sörovi bilan murojaat qildi.
Fraksiya a’zosi Dilmurod Ismoilov tomonidan yuborilgan sörovda ayrim «tadbirkorlar» inson hayoti va soğliğidan öz manfaatlarini ustun qöyib, belgilangan qoidalarni çetlab ötayotganiga» e’tibor qaratilgan.
Qayd qilinişiça, transport vositalarini ijaraga beriş faoliyati bilan faqat qonunçilikda belgilangan tartibda röyxatdan ötgan yuridik şaxslar şuğullanişi va ijaraçidan, albatta, tegişli haydovçilik guvohnomasi taqdim etilişi şart.
Biroq, amalda bu talablarga har doim ham rioya etilmayapti. Bunga misol sifatida sönggi kunlarda Namangan viloyatida yuz bergan bir qator ayançli hodisalar keltirilgan.
Ma’lum bölişiça, bir qança telegram guruhlari orqali yuqoridagi qaror talablariga zid ravişda, hatto voyaga yetmagan va transport vositasini boşqariş huquqi bölmagan şaxslarga ham avtomobillar ijaraga berilmoqda.
Bu esa, öz navbatida, oğir yöl-transport hodisalariga sabab bölmoqda. Jumladan, 2024 yil 2 oktabr kuni Namangan şahrida noqonuniy ijaraga berilgan Gentra avtomaşinasi iştirokidagi YTH oqibatida 3 nafar ösmir hayotdan köz yumgan.
Şu munosabat bilan, Transport vaziri Ilhom Mahkamov va Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovdan quyidagi masalalarga oydinlik kiritiş söralgan:
Birinçidan, avtomototransport vositalarini qisqa muddatga ijaraga beriş faoliyatini noqonuniy amalga oşiruvçi şaxslarni barvaqt aniqlaş borasida qanday işlar qilinmoqda?
Ikkinçidan, aniqlangan qonunbuzarlarga nisbatan qanday çoralar körilmoqda?
Uçinçidan, bu kabi huquqbuzarliklar kelib çiqişining oldini oliş böyiça qanday çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda?
Törtinçidan, mazkur masala yuzasidan vazirlarning şaxsiy nuqtai nazari qanday?












