Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiyasi yonilği quyiş şoxobçalarida propan narxi keskin oşib ketganligi yuzasidan mas’ul taşkilotlarga deputatlik sörovlari yubordi.

Qayd qilinişiça, propan narxi oxirgi oylar davomida ikki barobar qimmatlaşgan bölib, bu holat «köplab iste’molçilar uçun iqtisodiy-ijtimoiy muammolar keltirib çiqarmoqda».

«Mazkur holat nafaqat bozor mexanizmlari şaffofligini ta’minlaş zarurligini körsatadi, balki kuz-qiş mavsumida yonilği-energetika resurslariga bölgan ehtiyojning ortişi munosabati bilan logistika jarayonlarini yanada samarali taşkil etiş, tannarx şakllantirişda şaffoflikni ta’minlaş va bozorda noqonuniy harakatlarning oldini oliş kabi dolzarb vazifalarni hal qilişni talab qiladi», deyiladi partiya xabarida.

Partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi Energetika vazirligi, Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi va Boş prokuraturaga propan narxi oşişi sabablarini aniqlaş, aholiga aniq va asosli javob beriş, narxlarni barqarorlaştiriş hamda bu borada ta’sirçan çoralar köriş yuzasidan nuqtai nazarini bayon etiş böyiça deputatlik sörovlari yuborgan.