Partiyaga köra, bu yöllarda xavfsizlikni ta’minlaş va fuqarolar hayotini asraşda muhim qadam hisoblanadi.

Partiyaning asosiy takliflari:

  • Vision Zero dasturini joriy etiş — yöl-transport hodisalarida ölim holatini kamaytiriş maqsadida;
  • «Maktab atrofi — xavfsiz hudud» dasturi — bolalar uçun eng xavfsiz piyoda marşrutlari va maxsus harakat rejimini ta’minlaş;
  • qoidalarni muntazam buzgan haydovçilar uçun suğurta tölovlarini oşiriş orqali iqtisodiy javobgarlikni kuçaytiriş;
  • voyaga yetmaganlar ölimi bilan boğliq hodisalarda jazoni ikki barobar kuçaytiriş va ta’lim muassasalari atrofida tezlikni nazorat qiliş;
  • tezlikni surunkali oşirgan haydovçilar uçun transport huquqidan mahrum qiliş muddatini uzaytiriş va mast holatda inson ölimiga sabab bölganlar uçun umrbod haydovçilik huquqidan mahrum qiliş.

Partiya mazkur taşabbusni Oliy Majlisdagi fraksiyasi orqali qonunçilikda ilgari surişi belgilangan.