O‘zbekiston | 00:10 / 16.02.2018
13168
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent teleminorasida sayyohlarga telefon va fotoapparatlardan foydalanishga ruxsat etildi

Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchi turistlarga teleminoraning foyesida, 100-110 metr balandlikda joylashgan tomosha maydonchasi va «Koinot» restoranida foto (selfi) va video suratga olishga ruxsat berildi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3509-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq amalga oshirildi. 

Bu orqali teleminoraga tashrif buyuruvchilar va sayyohlar uchun yanada qulayliklar yaratildi, buning natijasida sayyohlar Toshkent shahrining eng go‘zal va ko‘rkam maskanlarini foto va video suratga olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

Bundan avvalroq Toshkent metropolitenida suratga olishga qo‘yilgan taqiq bekor qilingandi.

Mavzuga oid