Endilikda Toşkent metropolitenida fotosurat va videolavhaga oliş taqiqlanmaydi. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida iştirok etayotgan «Kun.uz» muxbiri Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimovga asoslanib xabar berdi.

«Metroda ham tasvirga oliş mumkin. Heç qanday muammo yöq. Bizda dunyodagi eng çiroyli metro bor, uni reklama qilişimiz kerak. Hozirgaça mumkin emasdi, ammo prezident bularning barçasini tasvirga oliş mumkinligini aytdi», — degan Abduhakimov.

U suratga olişni taqiqlovçi belgi bölmagan joylarda foto va videos'yomka qiliş mumkinligini qöşimça qilgan.

Şuningdek, uning aytişiça, Toşkent metropolitenida Wi-Fi örnatiş imkoniyatlari körib çiqilmoqda.

Qayd etiş kerakki, bugungi kunga qadar foto va video tasvirga olişga taqiq metropolitendan foydalaniş qoidalarida belgilab qöyilgan, huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari metroda tasvirga olişga bölgan barça urinişlarning oldini oladi, mobil qurilmalardan tasvirlarni öçirtiradi.

6 fevral kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev kiriş turizmini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorini imzoladi. Uşbu hujjatga köra, turistlarga jamoat joylari, bino va inşootlarni heç qanday taqiqlarsiz suratga olişga ruxsat berilgan. Hozirda hukumatda tasvirga oliş taqiqlangan obektlar röyxatini tasdiqlovçi hujjat loyihasi körib çiqilmoqda.

Aziz Abduhakimov Içki işlar vaziri yaqin vaqt içida majlis ötkazib, xodimlarga mamlakatda avvalgidek tasvirga olişga qat'iy taqiqlar bekor bölganini ma'lum qilişini bildirib ötdi.