Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi
Qurbonlarning so‘nggisi 5 may kuni suvdan chiqarib olingan. Shuningdek, suvga tushib ketgan 70 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Foto: Xinhua
Xitoy janubi-g‘arbida kuchli shamol to‘rtta sayyohlik qayig‘ini ag‘darib yubordi. Hodisa oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilishicha, 4 may kuni Guychjou provinsiyasida kuchli shamol daryoda suzib yurgan to‘rtta sayyohlik kemasini ag‘darib yuborgan. Kemalar ichida odamlar bo‘lgan. Kutilmagan shamol tufayli 84 kishi suvga tushib ketgan.
Hodisa oqibatida 10 nafar sayyoh cho‘kib ketgan. Halok bo‘lganlarning so‘nggisi 5 may kuni suvdan chiqarib olingan. Qolgan yo‘lovchilar qutqaruvchilar tomonidan qirg‘oqqa olib chiqilgan. Xitoy OAVning yozishicha, 70 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ularning barchasining ahvoli qoniqarli.
Sayyohlarni qutqarish operatsiyasiga 500 ga yaqin qutqaruvchi jalb etilgan. Xitoy prezidenti Si Jingping provinsiya hukumatiga «barcha imkoniyatlarni ishga solishni» buyurgan.
Shuningdek, Xitoy yetakchisi attraksionlar va jamoat joylarida baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirish vazifasini qo‘ygan.
Avvalroq Xitoydagi restoranda yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘lgandi. XXR yetakchisi Si Jinping yong‘in sababini tezroq aniqlashni talab qilib, barcha aybdorlarni javobgarlikka tortishga va’da bergan.
Mavzuga oid
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026