Texnologiya | 10:26 / 20.09.2016
11095
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada BMW'ga aylanuvchi transformerlar yaratildi (video)

Turkiyaning Letvision kompaniyasi haqiqiy transformerlarni yaratdi. Bu haqida "Populyarnaya mexanika" nashri ma'lum qildi

Manbaga ko‘ra, konstruktorlar mustaqil ravishda shaklini o‘zgartiruvchi va BMW rejimida faol harakatlanuvchi Letrons nomli to‘liq ishlaydigan prototip barpo etishgan.

Hozircha bunday transformerlarning sotuvi va ularning bahosiga oid hech qanday ma'lumot yo‘q. Aftidan kompaniya "katta o‘yinchoqlar seriyasi"ni yaratmoqchi, ularning barchasi BMW avtomobillari bazasida bo‘lishi ta'kidlangan. Faqat bunday avtomobilda yurishning hozircha iloji yo‘q. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid