Sport | 01:26 / 11.08.2024
13399
1 daqiqa o‘qiladi

Svetlana Osipova - Olimpiada sovrindori bo‘lgan o‘zbekistonlik ilk ayol taekvondochi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ilk bor o‘zbekistonlik ayol taekvondochi medal qo‘lga kiritdi. 

+67 kg vaznda Svetlana Osipova hal qiluvchi bellashuvda mezbonlar vakili, jahon va Yevropa chempioni Alte Lorenga 0:2 hisobida (0:3, 3:3) imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. 

Osipova finalgacha britaniyalik va koreyalik nomdor raqiblarni mag‘lubiyatga uchratgandi. 

Shu tariqa O‘zbekiston taekvondo jamoasi Parij Olimpiadasidan 2 ta medal bilan qaytadigan bo‘ldi. Bungacha -68 kg vaznda erkaklardan Ulug‘bek Rashidov oltin medalga sazovor bo‘lgandi.

Mavzuga oid