Özbekistonlik taekvondoçilar Parijdagi musobaqada öziga xos tarix yozdi. Xususan, yozgi olimpiya öyinlarida ilk bor özbekistonlik ayol taekvondoçi medalga ega çiqdi. Bu işni +67 kg vazn toifasida tatamiga çiqqan Svetlana Osipova uddaladi. U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda 4 yillikning yirik musobaqasi sovrindorligigaça bosib ötgan yöli haqida sözlab berdi.
Svetlana Osipova 2000 yilning 3 mayida Toşkent viloyati, Çirçiq şahrida tuğilgan. 2015 yildan buyon taekvondo WT sport turi bilan şuğullanib kelmoqda. Özbekiston terma jamoasi a’zosi. 2019 yilda Butunjahon harbiy öyinlarida oltin medalni qölga kiritgan. 2024 yilgi yozgi olimpiya öyinlari kumuş medali sohibi.
Parijdagi janglar
Odatda, tribunadan tomoşabinlarning barçasi sizga qarab turadi, tatami hayajonlari qöşilib ruhiy bosim böladi, atmosferaga moslaşişga biroz vaqt ketadi. Şu sabab har doim birinçi jang men uçun murakkab keçadi.
Bu safar ham eng qiyin jang birinçisi böldi. Ikkinçi, uçinçi janglar va finalda işonç ortib, hayajonlarni yengib bellaşuvga kirişdim. Özbek taekvondoçilarining qanday salohiyatga egaligini barçaga körsatib qöyiş uçun bor kuçim bilan intildim.
Hal qiluvçi jangda Fransiya vakili Alteya Loren bilan tatamida bellaşdik. Birinçi raund Lorenning hisobiga tugadi. Ikkinçi raundda hisob 0:0 edi, öyinning tugaş vaqtiga yaqin Lorenning boşiga zarba berdim, bizning hisobimizga 3:0 böldi. Vaqt tugadi deb öylagan edim, Loren birdan hujum qildi va hakamlar unga ham 3 ball berişdi. Şu tariqa Loren oltinni qölga kiritdi, menga esa kumuş medal nasib etdi. Öşa vaqtda içimda “ğalaba taqdirda emaskan” degan sözlarni takrorladim va peşonamga yozilgani şu ekan deb könglimni çöktirmaslikka harakat qildim.
Kutilmagan qönğiroq
Aynan menga prezident qönğiroq qiladi, deb öylamagandim, kutmagandim, töğrisi. Çunki şu vaqtgaça faqat oltin medalni olganlarga telefon qilib, tabriklaydilar, deb öylardim. Rahbarimiz bu haqida xabar berganlarida, juda xursand böldim. Prezident qönğiroq qilib, “qizim, bu medal biz uçun oltinga teng” deganlarida faxrlanib ketdim, özimga işonçim yanada ortdi.
Olimpiadaga tayyorgarlik
Tokio olimpiadasi 2021 yilda karantin hisobiga bir yil keyin taşkil etilgani sababli Parij olimpiadasi davriyligi 3 yillik böldi. Bu vaqt içida 2 marta jahon çempionatiga çiqdim, bitta oltin, bitta kumuş medal sohibiga aylandim. Köplab musobaqalar ötkazdik, taekvondo böyiça qanday çempionatlar mavjud bölsa, hammasidan medalim bor edi, faqat olimpiadaniki qolgan edi xolos.
2023 yil dekabrida bölib ötgan musobaqada fransiyalik raqibim bilan bir-birimizga oyoğimiz urilib ketdi. Qattiq jarohat oldim. Özbekistonlik şifokorlar operatsiya qiliş zarurligini ta’kidlaşdi. Yaqinlarim tavsiyasiga köra, germaniyalik mutaxassis bilan boğlandik. U ikki oy davomida yotib, oyoqqa dam beriş kerakligini aytdi va şu tariqa trenirovkalarni ma’lum vaqtga töxtatdim. Bu payt içida özimga işonçim ança tuşib ketdi. Sababi barça raqiblarim olimpiadaga zallarda har kuni tayyorlanib kuç yiğayotgan bir vaqtda menga tört devor içida qolib, jimgina kutiş oson bölmadi.
Ikki oydan söng Germaniyaga bordik, maxsus apparatlarda oyoğimni tekşirişdi. Suyak bilan böğin orasida masofa 1 mm bölsa, “töğridan töğri operatsiya, öz-özidan tuzalmaydi” deyişdi. Jarohat olgan joyimda bu körsatkiç 0,7 mm edi, 0,3 mm meni operatsiyadan qutqardi va jarrohlik amaliyotini olimpiadadan keyin ötkazişga qaror qildik.
Şu yilning aprel oyidan yana sport bilan şuğullanişni boşladim, may oyida Osiyo çempionatida qatnaşdim, 3-örinni qölga kiritdim. 2 haftadan söng harbiylar örtasidagi jahon çempionatida iştirok etdim va 2-örinni egalladim. Şundan keyin Özbekistonga qaytib keldik va Turkiyaga sport yiğin maşğulotlariga bordik. Asosiy jismoniy tayyorgarliklar öşa joyda ötdi, 1 oyga yaqin vaqt mobaynida kuniga 3 mahaldan şuğullandik. Tayyorgarlik oson bölmadi.
Jismoniy tayyorgarlikning özi yetarli emas
Turli xil davlatlardagi sportçilarni körganman va kuzatganman, özbek sportçilari ularga qaraganda ança kuçli. Faqat bizda köpçilikka psixologik-ruhiy quvvat yetişmaydi. Sportda ğolib böliş uçun jismoniy tayyorgarlikning özi kamlik qiladi.
Bundan taşqari, trener ham yuqori natijalarni qayd etişida muhim ahamiyatga ega. Murabbiy va sportçi bir-birini yaxşi tuşunsa, ularning örtalarida özaro işonç mustahkam bölsa, natijalar, albatta, qoniqarli böladi. Murabbiyim Pavel Xan maşğulotlarda menga töğri yondaşuvni topgan va bugungi natijalarimda ularning katta örni bor.
Intervyuning töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi kanalida tomoşa qiliş mumkin.
Diyoraxon Nabijonova suhbatlaşdi.
Operatorlar: Mirvohid Mirrahimov, Ziyaddin Mamajonov
Montaj ustasi: Boburmirzo Anvarov
















