Meksikada ötayotgan taekvondo böyiça jahon çempionatida, ayollar örtasida +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan özbekistonlik Svetlana Osipova barça raqiblarni mağlub etdi va jahon çempioni böldi.
E’tiborlisi, özbek taekvondosi tarixida bugungi kungaça heç kim ayollar örtasida Jahon çempioni bölmagandi.
Dastlab AQŞ vakilasi ustidan ğalaba qozongan Osipova çorak finalda Marokaş, yarim finalda avstriyalik raqibalarini ham mağlubiyatga uçratdi.

Finalda isroillik Dana Arzanga qarşi çempionlik uçun dayanga çiqqan Svetlana 2:1 hisobida ğalaba qozondi va oltin medalni qölga kiritdi.


JÇda iştirok etgan özbekistonlik Jasur Jaysunov (-74 kg) va Marat Mavlonov (+87 kg) medallar uçun kuraşni erta tark etdi.

















