Bugun ikki nafar dzyudoçi, bir nafardan taekvondo, boks va suziş sporti vakillari musobaqalarda iştirok etadi.

Soat 7:00da taekvondoçilarning sönggi vakili Svetlana Osipova (+67 kg) medallar uçun kuraşadi. Uning ilk raqibi  qozoğistonlik Cansel Deniz böladi. 

Soat 7:00da dzyudo böyiça musobaqalar ham boşlanadi. Farangiz Hojiyeva (-63 kg) kabo verdelik Sandrin Billetga qarşi gilamga çiqadi.

Erkak dzyudoçilar jamoasida Şarofiddin Boltaboyev (-81 kg) ham kuraşga kirişadi. Unga vanuatulik Ugo Kumbo raqiblik qiladi. Dzyudo böyiça musobaqalar kun böyi davom etadi.

Soat 07:15da boksçilar jamoasidan Bobo-Usmon Boturov (-69 kg) birinçi jangini ötkazadi. Uning ilk bosqiçdagi raqibi dominikanlik Rohan Polanko böladi.

Soat 15:10da suzuvçi Xurşidjon Tursunov 100 metrga erkin usulda suziş böyiça saralaş bahslarida qatnaşadi.

UPD: Ob-havo noqulay kelişi sababli akademik eşkak eşiş böyiça 29-30 iyul kundagi musobaqalar 27 iyulga köçirilgandi va bugun soat 5:00da Sobir Safaraliyev va Şahboz Xolmirzayev çiqiş qilişi kutilgandi. Ammo bu qaror bekor qilinib, musobaqalar öz vaqtida ötadigan böldi.

Olimpiadaning uçinçi kuni yakunlariga köra, Özbekiston delegatsiyasi 1 oltin medal bilan 23-örinda joylaşgan. Bundan taşqari, beş nafar boksçi ilk janglarida ğalabaga erişib, medallar uçun kuraşni davom ettirmoqda.

Foto: Telegram / uzsport_tv
Foto: Telegram / uzsport_tv
Foto: Telegram / uzsport_tv