O‘zbekiston | 19:55 / 06.07.2017
12845
1 daqiqa o‘qiladi

21 iyuldan issiq suv va issiqlik tizimi uchun tariflar oshadi

«Toshissiqquvvati» ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi tomonidan Toshkent shahrida 21 iyuldan issiq suv va issiqlik tizimi uchun yangilangan tariflar joriy etildi. Bu haqda korxona saytida xabar berilgan.

Yangi belgilangan narxlarga ko‘ra, poytaxtda bir kubometr issiq suv uchun hisoblagich bor holatda 3915,90 so‘m to‘lanadi. Eski tarifga muvofiq mazkur narx 3736,92 so‘mni tashkil etardi. 

Hisoblagichlarsiz esa poytaxt aholisi 1 kubometr issiq suv uchun 15292, 52 so‘m to‘lovni amalga oshirishadi. Ilgari bu narx 14593,56 so‘mni tashkil etardi. 

Markaziy isitish tizimi uchun bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1323,86 so‘mni tashkil etmoqda. 

Avvalroq 21 iyuldan sovuq suv tarifi oshishi haqda ma'lumot berilgan edi.

Mavzuga oid