Light | 21:20 / 08.12.2018
98040
3 daqiqa o‘qiladi

Konstitutsiya haqidagi 11 ta qiziqarli fakt

Konstitutsiya – davlatning asosiy hujjati bo‘lib, davlat boshqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartibi va tamoyillari, davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi.

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan dunyoning turli davlatlari konstitutsiyasi haqidagi qiziqarli faktlarni to‘pladik.

1. Ko‘pchilik dunyodagi ilk Konstitutsiya AQShda ishlab chiqilgan deb hisoblaydi, biroq bunday emas. Eng qadimgi Konstitutsiya Polshaga tegishli. U 1792 yilda qabul qilingan.

2. Yevropa Ittifoqi Konstitutsiyasi ustida Yevropaning eng yetuk mutaxassislari ishlashgan. U 2004 yilning iyunida YeIning maxsus sammitida ma'qullangan. Hujjat darhol 20 ta tilga o‘girildi  va dunyodagi eng keng va ko‘p tomonlama hujjatga aylandi. Biroq, ushbu  hujjat umumevropa fikrining paydo bo‘lishiga hissa qo‘sholmadi. Yevropa mamlakatlari umummilliy referendumida yetarli ovoz to‘plolmadi.

3. Isroilda yagona Konstitutsiya o‘rniga asosiy qonunlar to‘plami amal qiladi. Chunki mamlakat diniy va dunyoviy qonunlar o‘rtasidagi ziddiyatni bir hujjat doirasida hal etish uchun juda katta.

4. Hindiston Konstitutsiyasi 1950 yilda qabul qilingan. U hajmi bo‘yicha dunyodagi eng katta Asosiy Qonun.

5. Yaponiya Konstitutsiyasining uch asosiy tamoyili bor: xalq suvereniteti, insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish, patsifizm (millatning suveren huquqi sifatida urushdan voz kechish).

6. Britaniya Konstitutsiyasining o‘ziga xos jihati mamlakat asosiy qonuni deb atash mumkin bo‘lgan yagona hujjatning mavjud emasligidir.

7. AQSh Konstitutsiyasida “demokratiya” so‘zi yodga olinmagan. Bundan tashqari, ushbu hujjat rekord darajada qisqa bo‘lib, 4,4 mingta so‘zdan iborat.

8. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi postsovet mintaqasida birinchi bo‘lib qabul qilingan.

9. Ekvador tabiat huquqini Konstitutsiya bilan mustahkamlagan dunyodagi ilk mamlakatga aylangan.

10. Malta Konstitutsiyasi o‘z mamlakatini neytral, tinchlik sari intiluvchi sifatida belgilaydi.

11. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi matni 7543 ta so‘zdan tarkib topgan. Bunda «respublika» so‘zi – 390, O‘zbekiston – 354, qonun – 210, davlat – 98, huquq – 90, konstitutsiya – 70, fuqaro – 66, Prezident – 62, Qoraqalpog‘iston – 33, shaxs – 32, erkin(lik) – 27,xalq – 24, demokratiya – 7 marotaba qo‘llangan.

Mavzuga oid