Konstitutsiya – davlatning asosiy hujjati bölib, davlat boşqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartibi va tamoyillari, davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi.
8 dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan dunyoning turli davlatlari konstitutsiyasi haqidagi qiziqarli faktlarni töpladik.
1. Köpçilik dunyodagi ilk Konstitutsiya AQŞda işlab çiqilgan deb hisoblaydi, biroq bunday emas. Eng qadimgi Konstitutsiya Polşaga tegişli. U 1792 yilda qabul qilingan.
2. Yevropa Ittifoqi Konstitutsiyasi ustida Yevropaning eng yetuk mutaxassislari işlaşgan. U 2004 yilning iyunida YeIning maxsus sammitida ma'qullangan. Hujjat darhol 20 ta tilga ögirildi va dunyodagi eng keng va köp tomonlama hujjatga aylandi. Biroq, uşbu hujjat umumevropa fikrining paydo bölişiga hissa qöşolmadi. Yevropa mamlakatlari umummilliy referendumida yetarli ovoz töplolmadi.
3. Isroilda yagona Konstitutsiya örniga asosiy qonunlar töplami amal qiladi. Çunki mamlakat diniy va dunyoviy qonunlar örtasidagi ziddiyatni bir hujjat doirasida hal etiş uçun juda katta.
4. Hindiston Konstitutsiyasi 1950 yilda qabul qilingan. U hajmi böyiça dunyodagi eng katta Asosiy Qonun.
5. Yaponiya Konstitutsiyasining uç asosiy tamoyili bor: xalq suvereniteti, insonning asosiy huquqlarini hurmat qiliş, patsifizm (millatning suveren huquqi sifatida uruşdan voz keçiş).
6. Britaniya Konstitutsiyasining öziga xos jihati mamlakat asosiy qonuni deb ataş mumkin bölgan yagona hujjatning mavjud emasligidir.
7. AQŞ Konstitutsiyasida “demokratiya” sözi yodga olinmagan. Bundan taşqari, uşbu hujjat rekord darajada qisqa bölib, 4,4 mingta sözdan iborat.
8. Mustaqil Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi postsovet mintaqasida birinçi bölib qabul qilingan.
9. Ekvador tabiat huquqini Konstitutsiya bilan mustahkamlagan dunyodagi ilk mamlakatga aylangan.
10. Malta Konstitutsiyasi öz mamlakatini neytral, tinçlik sari intiluvçi sifatida belgilaydi.
11. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi matni 7543 ta sözdan tarkib topgan. Bunda «respublika» sözi – 390, Özbekiston – 354, qonun – 210, davlat – 98, huquq – 90, konstitutsiya – 70, fuqaro – 66, Prezident – 62, Qoraqalpoğiston – 33, şaxs – 32, erkin(lik) – 27,xalq – 24, demokratiya – 7 marotaba qöllangan.







