Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Madrimov raqibini 35 soniyada mag‘lub etdi
Foto: Kun.uz
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining 75 kg vazn toifasidagi bokschilarning chorak final yo‘llanmasini beruvchi janglari poyoniga yetdi. Unda ringga so‘nggi bo‘lib o‘zbekistonlik Isroil Madrimov va falastinlik Abudabat Qosim ko‘tarilishdi.
Hamyurtimiz jang taqdirini birinchi raunddayoq, 35 soniyadayoq hal qildi. U falastinlik sportchiga imkoniyat qoldirmadi va uni nokdaun holatiga tushirdi. Referi o‘yinni to‘xtatishga qaror qildi.
Endi u chorak finalda filippinlik Marsial Eumirga qarshi jang olib boradi.
Ushbu jangdan so‘ng ringga 91 kggacha bo‘lgan bokschilar ko‘tarilishadi. Uni hamyurtimiz Sanjar Tursunov va janubiy koreyalik Kim Xyongkyu juftligi boshlab bermoqda.
Mavzuga oid
00:24
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025