Ai-80 benzinini cheklash 2028 yilga qoldirildi
Prezident qarori bilan, “Yevro–4” standartidan past yoqilg‘ilarga cheklov 2028 yildan boshlanadi. Poytaxt va uning atrofidagi issiqlik markazlari va elektr stansiyalarda mazutdan foydalanish esa 2030 yildan taqiqlanadi. Havo sifatini ko‘rsatib turuvchi monitorlar 2026 yildan ishga tushiriladi. 2028 yilgacha kuchli chang bo‘ronlarini hozirgiga nisbatan 50 foizga kamaytirish vazifasini qo‘yildi.

Toshkent IES / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
“Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ-338-son, 24.09.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha 2024–2030 yillarga mo‘ljallangan milliy dastur tasdiqlandi.
Dasturga asosan, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va hududlarda yashil qoplamalarni kengaytirish orqali, 2028 yilgacha kuchli chang bo‘ronlari hosil bo‘lish sur’atlarini hozirgi holatiga nisbatan 50 foizga qisqartirish maqsad qilingan.
2025 yil 1 yanvardan Toshkent shahrining 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarni o‘rnatish ishlari boshlanadi.
2026 yil 1 yanvardan Toshkentda o‘rnatilgan maxsus monitor va tablolarda majburiy ravishda atmosfera havosining ifloslanish darajasi hamda gidrometeorologik ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.
2030 yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.
Toshkent shahriga tutash tumanlardagi 1,2 mingdan ortiq issiqxonalarda foydalanilayotgan ko‘mir yoqilg‘isining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatiladi hamda bunday uskunalarni o‘rnatish uchun issiqxona xo‘jaliklariga subsidiya ajratish mexanizmi joriy qilinadi.
2025–2030 yillarda Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlaridagi jami 441 gektar yer maydonlarida “yashil belbog‘” va “yashil bog‘lar” tashkil qilinadi.
2028 yildan “Yevro–4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isidan foydalanish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan muhokama qilgan holda Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etishning konseptual asoslari ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

20:17 / 02.05.2025
Toshkentda BYD piyodani urib yubordi

08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi

16:17 / 01.05.2025