Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi, raisning birinchi o‘rinbosari Behzod Anvarovich Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda DSQ saytida xabar berilgan.
«Behzod Musayev mamlakatimiz Prezidentiga sodiq, keng dunyoqarashga ega, uzoqni ko‘zlovchi, tinmay izlanuvchan va oldiga hamisha strategik vazifalarni maqsad qilib kelgan yuqori malakali mutaxassisdir.
B.Musayev rahbarligida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilayotgan soliq tizimini liberallashtirish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, davlat soliq xizmati organlarini insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkoriga aylantirish yo‘lidagi islohotlar faollik bilan hayotga tatbiq qilinmoqda», deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.
Behzod Musayev 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
U Davlat soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 2010 yilda boshlagan. 2010-2011 yillarda Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, uning 2011 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan faoliyati haqida ma'lumot yo‘q. U joriy yilning 12 mart kuni Abdusalom Yo‘ldoshev o‘rniga Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, Davlat soliq qo‘mitasining bundan avvalgi raisi Botir Parpiyev joriy yilning 11 may kuni ishdan olingandi. Shu kuni Musayev birinchi o‘rinbosar lavozimini saqlab qolgan holda Parpiyev o‘rniga DSQ raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagandi.
Mavzuga oid
16:28 / 23.09.2024
Behzod Musayev yangi lavozimga o‘tkazildi
16:19 / 23.09.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘zgardi
15:10 / 17.09.2024
“O‘zbek hamshiralari Germaniyaga 2200 yevro topgani jo‘natilmoqda” – Behzod Musayev
18:44 / 08.08.2024